Вторник, 24-04-23, 08:18

Яхши сўз ва кечириш, ортидан озор келадиган садақадан кўра яхшироқдир.

ҲИМОЯЧИ

ХАЛҚАРО ҲУҚУҚ ҲИМОЯЧИЛАРИ ЖАМИЯТИ
O'ZBEKCHA  РУССКИЙ   ENGLISH   SVENSKA    AF SOMALI    العربيه
МАНЗИЛИМИЗ Бош саҳифа Рўйхатдан ўтиш КИРИШ
САЛОМНОМА, Гость · RSS
Б Ў Л И М Л А Р
ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИ [284]
ҲУҚУҚ ҲИМОЯЧИЛАРИ ХАЁТИДАН ЛАВХАЛАР [72]
ҲУҚУҚ ХИМОЯЧИЛАРИ ЁЗИШМОҚДА [211]
ИСЛОМ ВА МУСУЛМОНЛАР [183]
ШЕРИЯТ ГУЛШАНИ [85]
СОBРИНДОРЛАР [11]
ЭЪЛОНЛАР [16]
ОЧИҚ ХАТЛАР [24]
БАЁНОТЛАР [21]
МАХБУСЛАР ХАЁТИДАН [51]
МУХОЖИРЛАР ХАЁТИДАН [127]
АДАБИЁТ ВА САНЪАТ [18]
СИЁСАТ [73]
ТАРИХ [15]
ВИДЕОЛАВХАЛАР [27]
ҲИКМАТЛАР ХАЗИНАСИ [2]
ЖУРНАЛИСТЛАР ХАЁТИДАН [49]
АМАЛДОРЛАР ХАЁТИДАН [31]
МУРОЖААТНОМАЛАР [29]
НОРОЗИЛИК НАМОИШЛАРИ [37]
БОЛАЛАР МЕХНАТИ [10]
ХАЛОКАТЛАР [12]
ЙИҒИЛИШЛАР [12]
ТАРИХИЙ ШАХСЛАР [11]
С П О Р Т [13]
ТАБОБАТ ХАЗИНАСИДАН [25]
РАДДИЯЛАР [6]
ТАЗИЯНОМАЛАР [9]
Д У Н Ё Х А Б А Р Л А Р И [139]
Қ И Й Н О Қ Л А Р [25]
АДВОКАТЛАР ХАЁТИДАН [6]
БАХС-МУНОЗАРА-МУХОКАМА [78]
ҒАЙРИДИНЛАР ХАЁТИДАН [0]
ЭШИТТИРИШЛАР [31]
ДИНИЙ МАРУЗАЛАР [15]
СУД, ПРОК, МИЛИЦИЯ [18]
ФАХШ ИШЛАР [16]
ЭКСПЕРТЛАР ХУЛОСАСИ [1]
Қ И Р Ғ И З И С Т О Н [177]
Б Б С Мехмонлари [22]
Қ О З О Ғ И С Т О Н [5]
МАЖБУРИЙ МЕХНАТ [2]
Т О Ж И К И С Т О Н [20]
Р О С С И Я [22]
ЖАЗОГА ХУКМ ҚИЛИНГАН [9]
Ў З Б Е К И С Т О Н [74]
Ш В Е Ц И Я [0]
МУХИДДИН ҚЎҚОНДИЙ ШАХСИЙ САХИФАСИ [4]





АЛЛОҲНИНГ  ГЎЗАЛ  ИСМЛАРИ

ШАЙХ МУХАММАД СОДИҚ МУХАММАД ЮСУФ ХАЗРАТЛАРИНИНГ МАРУЗАЛАРИ

Х А Л Қ И М

Б Е Н А М О З

КАРИМОВНИНГ ХАБАРИ ЙЎҚ

ЎЗБЕКИСТОН БОЛАЛАРИ

ЖАННАТДАГИ КУНДОШИМ

Pepsi ва Coca-Cola ХАРОММИ ?

Би-би-си мехмони Швециялик муҳожир

Е-322 МОДДАСИ

"МХХ билан келишув амалга ошмади"

Фан ҳижобнинг фойдали эканлигини тасдиқлади

"Гуноҳим рўмол ўраганимми?”

Эр - хотин кишининг ярим пири..?

Погон таққан
қиз ўғрилари

ТАШАККУРНОМА

Террорчилик - Ғарб маҳсули

Гегемонлик васвасаси

Ўзбекистонга   қайтган
аëл  қамоққа  олинди


Каримов ғарбни ўйинчоқ қилмоқда

Имомлардан маломатларни кўтариш

АҚШ элчиси Каримовни қизлари хақида айтганлари


 
Главная » 2018 » Декабрь » 10 » Bobomurod Abdullayev sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov tazyiqlari haqida so‘zlab berdi
22:28
Bobomurod Abdullayev sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov tazyiqlari haqida so‘zlab berdi

30.03.2018  Bobomurod Abdullayev sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov tazyiqlari haqida so‘zlab berdi

Kecha, 29 mart kuni kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev, bloger Hayotxon Nasriddinov, shuningdek, tadbirkorlar Shavkat Ollayorov hamda Ravshan Salayevga nisbatan navbatdagi sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev ko‘rsatma berishni tugatdi. U 15 va 26 mart kunlari ham ko‘rsatma bergan edi.

Sudlanuvchi Abdullayev o‘z ko‘rsatmalarida sobiq Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX — tahr.) tergovchisi Nodir To‘raqulovning tazyiqlari haqida so‘zlab berdi.

Aytish kerakki, Abdullayev o‘zining oldingi ko‘rsatmalarida ham tergov jarayonlaridagi qiynoqlar haqida so‘zlagan, o‘zini qiynoqqa solgan MXX xodimlariga qarshi jinoiy ish ochishni so‘ragan edi. Biroq sud tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi uning MXX tergov-izolyatorida qiynoqqa solinganligini tasdiqlamagan edi.

U kecha bo‘lib o‘tgan sud majlisida yana qiynoqlar va tazyiqlarga to‘xtalgan.

Bobomurod Abdullayev o‘zining navbatdagi ko‘rsatmasida 2004 yilning oxiridan to 2011 yilgacha maqolalar yozmaganini, biroq «Usmon Haqnazarov» taxallusi ostida maqolalar chiqishi davom etganini aytgan. Abdullayev maxsus xizmatlar e’tiborini tortmaslik hamda o‘zini oshkor etmaslik maqsadida hech qanday raddiya bermagan.

Sudlanuvchi «Andijon voqealari haqida», «O‘zbekistonni nishonga olgan Karimovlar guruhi» va «O‘zbekistondagi sionizm haqida» kabi maqolalarini Muhammad Solihdan olingan 100 AQSh dollari evaziga ruschadan o‘zbekchaga tarjima qildirgani haqidagi ayblovlarni rad etgan.

Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, 16 yoki 18 oktyabrda «yumshoq xona»dan chiqqach, ya’ni, uxlashdan mahrum qilinib, kompyuter simi bilan kaltaklangach, DXX tergov boshqarmasi xodimlaridan biri Timur Yakubov uni yuqoridagilarni tan olish haqidagi tushuntirish xatini yozishga majburlagan.

«Nodir To‘raqulov (MXX sobiq tergovchisi) qo‘lida dubinka bilan kirdi. U mendan: «Xuddi shunaqa dubinkani Olloyorovning boshida sindirdim, endi bu sening boshingda sinadi. Qani yoz», — deb aytdi. U urmadi, ammo tahdid qildi.

Kursdoshim bir yil mobaynida inson huquqlari va erkinliklari buzilishi haqidagi maqolalarni «Ozod Ovoz» sayti uchun tarjima qilgan, ammo yuqoridagilarni emas», — dedi sudlanuvchi.

Abdullayevning aytishicha, sobiq tergovchi Nodir To‘raqulov uning onasi va ayolidan Galima Buxarboyeva (jurnalist) va Mo‘’tabar Tojiboyeva (jurnalist, huquq himoyachisi, har ikkisi chet elda yashaydi)ga Muhammad Solih uni maqola yozishga majburlagani haqida intervyu berishga undab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov shu yilning fevral oyida qo‘lga olingani va Harbiy prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi.

Категория: ЖУРНАЛИСТЛАР ХАЁТИДАН | Просмотров: 567 | Добавил: himoyachi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024
ҚИДИРИШ

Бесплатный хостинг uCoz